Ana xolos: Nursulton Ro‘ziboevning jangi bekor qilindi!
Taniqli MMA jangchimiz Nursulton Ro‘ziboev 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida oktagonga ko‘tarilishi belgilangandi.
Biroz avval, hamyurtimizning raqibi vazn qila olmagani uchun (aniqrog‘i 2 kg og‘irroq tosh bosgani bois) gonorarining 30 foizidan mahrum bo‘lishi aytilgandi.
Biroq yakunda mazkur to‘qnashuv o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, UFC rahbariyati shu qarorga kelgan.
Fikrlar