Ana xolos! Odriosola bor-yo‘g‘i 7 ta o‘yinda ikki mamlakat chempioni bo‘ldi

  • 18.07.2020 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Transfer huquqi “Real”ga tegishli bo‘lgan Alvaro Odriosola ijara asosida “Bavariya” tarkibida o‘ynab, Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

24 yoshli futbolchi myunxenliklar tarkibida uch marta maydonga tushganiga qaramay, chempionlar safida oltin medal bila taqdirlangandi.

Endi omadli futbolchi Ispaniya chempionligiga ham sazovor bo‘ldi. U Bundesligaga ko‘chib o‘tgunga qadar “Real” tarkibida La Ligada to‘rt marotaba maydonga tushgan.

Shu tariqa, La Liga va Bundesligada jami ettita o‘yin o‘tkazgan futbolchi ikki mamlakat chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!