Ana xolos! "Paxtakor" Andijonga emas, Farg‘onaga boradi!
Ma’lumki, 16 may kuni «Coca Cola» Superligasining 9-tur uchrashuvlariga start beriladi. 9-turdan iborat ettita bellashuv to‘rt kunga bo‘lingan bo‘lib, uning dastlabkisi payshanba kuni o‘tkaziladi. Shu kuni Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida «Andijon» jamoasi Shota Arveladze boshchiligidagi «Paxtakor»ni qabul qiladi.
Hozirgi paytda ikkala jamoaning turnir jadvalida egallab turgan o‘rinlari bir-biridan katta farq qiladi. «Paxtakor» Superligada yaqqol peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, andijonliklar 12-o‘rinda borishyapti. Tabiiyki, 16 may oqshomida bo‘lib o‘tadigan bellashuvda «Paxtakor» favorit sanaladi.
«Andijon» - «Paxtakor» o‘rtasidagi bahs 16 may kuni 18:30 da boshlanadi. Odatga ko‘ra mehmon jamoalar o‘yindan bir kun oldin manzilga etib kelishadi. Tabiiyki, «Paxtakor»ning ham Andijon shahriga uchrashuvdan bir kun oldin etib kelishi kutilayotgandi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, voqelar rivoji bunday tus olmas ekan.
Ular ertaga Andijonning o‘rniga Farg‘onaga yo‘l olishadi. Bu qiziq shundaymi? Axir «Andijon» - «Paxtakor» o‘rtasidagi uchrashuv Fag‘onada emas, balki Andijonda o‘tadi-ku! Ammo gap shundaki, «Paxtakor» vakillari Andijonga safar oldidan mehmonxonalar borasida muammoga duch kelishgan.
Andijonda «Bog‘ishamol», «Karvonsaroy» va yana boshqa nufuzli mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Biroq «Paxtakor» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, klub murojaat qilgan barcha mehmonxonalar ular keladigan kunlar uchun band qilingan. Natijada Andijondan mehmonxonaga buyurtma bera olmagan «paxtakorchilar» Farg‘onadan qo‘nim topishadi va «Aziya» mehmonxonasini band qilishdi. Shu tariqa, Arveladze jamoasi ertaga aynan Farg‘onaga yo‘l oladi. Andijonga esa o‘yin kuni kunning ikkinchi yarmida tashrif buyurishlari kutilmoqda.



Fikrlar
Пахтакорнинг ташкилий ишлар буйича ходимлари Андижонга боришларини энди билишиб колган булса керакда?