Ana xolos! "Paxtakor"ning "Al Hilol"ga qarshi o‘yini koronavirus tufayli boshqa muddatga qoldirildi
Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgani haqida OFK rasmiy xat yo‘lladi. Bu haqda "Paxtakor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Jahon bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus xavfi sababli va Saudiya Arabistoniga kirish vizasi boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun to‘xtatib qo‘ygani sababli o‘yin noma’lum muddatga qoldirildi. Bundan oldin bizning mintaqada Eron klublari ishtirokidagi o‘yinlar ham bekor qilingandi. OFK Chempionlar ligasining keyingi holati yuzasidan tez orada yig‘ilish o‘tkazadi.



Fikrlar