
Ana xolos! Peres Ronalduning narxini oshirdi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer narxini oshirishga qaror qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra amaldor 33 yoshli futbolchining transfer narxini dastavval 100 mln evroga baholagan bo‘lsada, ayni paytga kelib uni 130 mln evroga oshirishga qaror qilgan.
Peresning so‘zlariga ko‘ra 100 mln evrolik narx faqatgina 15 iyunga qadar amal qilar edi va endi u ushbu narxni oshirish huquqidan foydalanmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Ronalduni Turinning “Yuventus” klubi sotib olishi aytilmoqda.
Fikrlar