Asosiy mazmunga oʻtish

Ana xolos: Pochettinoga Angliya terma jamoasini topshirishadi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yangi imkoniyat

“Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Maurisio Pochettino oldidan kutilmagan variantlar paydo bo‘lmoqda.

The Telegraph nashrining yozishicha, agar argentinalik mutaxassis Evropa chempionati yakunlangunga qadar o‘ziga yangi klub topmasa, unga Angliya terma jamoasini boshqarish vakolatini topshirishadi.

Ma’lumki, Angliya terma jamoasini anchadan beri boshqarib kelayotgan Garet Sautgeyt qit’a chempionatidan keyin lavozimini bo‘shatishi kutilmoqda.

Zamonaviy futbol vatanida terma jamoaga ustozlik qilish Maurisio Pochettinoni o‘zini ham qiziqtirib kelayotgan variantlardan ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, 52 yoshli mutaxassisga “Manchester Yunayted” va Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi ham ish berishga tayyor.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q