Ana xolos! Prestianni Mbappe va Vinisiusni sudga bermoqchi

  • 23.02.2026 22:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Benfika" yarim himoyachisi Janluka Prestianni "Real" hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Juniorga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda braziliyalik futbolchiga nisbatan irqchilik ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov fonida da’vo qo‘zg‘atmoqchi. Bu haqida El Chiringuito xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, lissabonliklar xavbeki bu borada UEFA, FIFA, shuningdek, Portugaliya adliya organlariga murojaat qilmoqchi.

Avvalroq UEFA argentinalik xavbekni vaqtincha diskvalifikatsiya qilgandi, tashkilot ushbu vaziyatni o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, Prestianni futbolka bilan og‘zini yopib, Vinisiusni haqorat qilgan, bu esa voqeani tahlil qilishni qiyinlashtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!