Ana xolos: Ramazon Temirovning jangi bekor qilindi

  • 08.07.2025 17:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 26 iyul kuni "UFC on ABC 8" turnirida hamyurtimiz Ramazon Temirov qozog‘istonlik Asu Almabaevga qarshi jang qilishi lozim edi.

Biroq bugun yurtdoshimiz bu to‘qnashuvdan echilgani ma’lum bo‘ldi. Sabablar esa hozircha noma’lum. Lekin tez orada sportchimizning o‘zi mazkur vaziyatga izoh berishi kutilmoqda.

Endi Almabaevga perulik Xose Ochoa raqiblik qilishi mumkin. Ammo bu ham hali rasman tasdiqlanmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!