Ana xolos! "Real" hujumchisi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Franko Mastantuono jazolandi. Avval xabar qilinganidek, "Real" vingeri "Xetafe"ga qarshi bahs (0:1) so‘nggi daqiqalarida bosh hakam Alehandro Mun’isga e’tiroz bildirib, bir necha bor "qanday sharmandalik, qanday jirkanch sharmandalik" deya norozilik bildirgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, argentinalik futbolchi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Shuningdek, "Real" himoyachilari Din Xöysen va Alvaro Karreras ham sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgani sababli bir o‘yindan chetlatildi.
Shu tariqa, uchala futbolchi ham 6 mart kuni "Sel’ta"ga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Mastantuono esa bundan tashqari 14 mart kuni "El’che"ga qarshi uy uchrashuvida ham maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar