Ana xolos! Ronaldu "An-Nasr"ga "Yuventus"dagi yaqin o‘rtog‘ini chaqirdi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus” darvozaboni Karlo Pinsoloni Saudiya klubiga chaqirdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, portugaliyalik futbol yuyulduzi “Yuve”da to‘p surgan paytlarida italiyalik posbon bilan iliq munosabatlarda bo‘lgan. Aytish kerakki, Pinsolo "keksa sinora"ga 2017 yilda “Vichentsa”dan ko‘chib o‘tgan va shundan beri bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushgan xolos.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2018-2021 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilgan. U joriy yil boshida Saudiya klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar