Ana xolos! Son armiyaga ketdi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Son Xin Min koronavirus sabab APLda yuzaga kelgan tanaffus paytida Janubiy Koreya armiyasida 4 haftalik yig‘inda ishtirok etadi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Aytish kerakki, 27 yoshli futbolchi 2018 yil terma jamoasi bilan Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgach, 2 yillik harbiy xizmatdan qutulib qolgan edi. Biroq, shunga qaramay u 4 haftalik harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi shart.
Son joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar