Ana xolos! "Tottenxem"dan koronavirus chiqdi
Angliya premer-ligasi klublarning koronavirusga qarshi topshirgan 5-test natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu testlardan faqatgina bittasi musbat natija bergan. U “Tottenxem” a’zosi hisoblanadi. Bu haqda klub rasmiy sayti ham ma’lum qildi. Ammo, virus yuqtirgan odam futbolchimi, murabbiymi, rahbarmi yoki xizmatchimi, bunisi ma’lum emas.
APL tibbiy bayonnomasiga ko‘ra kasallangan shaxs 7 kunlik karantinga olinadi. Premer-ligada esa mavsum 17 iyunda tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Fikrlar