Ana xolos! Turin klubi Evropa chempioni bilan shartnomani bekor qildi
Italiyalik darvozabon Salvatore Sirigu "Torino"ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilishgan. Aytish kerakki, Siriguning Turin klubi bilan kelishuvi 2022 yilga qadar imzolangan edi. Shu tariqa amaldagi Evropa chempioni erkin agentga aylandi.
Bundan avvalroq Sirigu faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
34 yoshli posbon "Torino" sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 152 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 221 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar