Asosiy mazmunga oʻtish

Anand: "Sindarov 43-yurishda menga durang taklif qildi"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Hindistonlik shaxmatchi Sindarov bilan o'yin haqida gapirdi

Sobiq jahon chempioni Vishvanatan Anand Javohir Sindarovga qarshi kechgan dramatik partiya haqida fikr bildirdi. O‘ta keskin kechgan bahs o‘zbekistonlik shaxmatchining g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Bu shunchaki xatolar komediyasi bo‘ldi. U 43-yurishda menga durang taklif qildi. Ammo menga uning donalari umuman muvofiqlashmaganday tuyuldi va shuning uchun g‘alaba uchun o‘ynashga qaror qildim.

Keyin esa haqiqiy aqldan ozish boshlandi. O‘ylaymanki, hatto partiyaning oxirida ham menda durang qilish imkoniyati bo‘lgan edi.

Bilmayman. Agar bilganimda, nimadir qilgan bo‘lardim", - dedi hindistonlik shaxmatchi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q