Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Anasxon Rahmatov: Braziliya bilan «jang» qilamiz! (Intervyu)

Bu hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

Xabaringiz bor, 4 va 5 mart kunlari O‘zbekiston futzal terma jamoasi Braziliya futzal termasi bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Janubiy Amerikada o‘tadigan bu bahslar oldida jamoa a’zosi – Anasxon Rahmatovni savolga tutdik.

Anasxon Braziliya terma jamoasi bilan o‘yin bizga nima bera oladi deb hisoblaysiz?

-  Birinchi navbatda bu ulkan tajriba! Bunday o‘yinlarda ishtirok etish istalgan futzalchi uchun orzu. Raqiblarimiz futzalning asl egalari sanaladi. Texnika va tezlik borasida dunyoning eng kuchli jamoasi bilan ikki bor kuch sinashish imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandman. Braziliya safida ayni damda sayyoramizning eng kuchli futzalchilari harakat qilmoqda. O‘ylashimcha, O‘zbekiston termasi uchun bu o‘yinlar yaxshigina maktab vazifasini bajarib beradi.

Jamoamizning kayfiyati qanday? Braziliyaga qarshi o‘yinlarda g‘alaba kutmoqdamiz?!

-  Barchasi a’lo darajada. Yigitlar ko‘tarinki kayfiyatda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Natijaga keladigan bo‘lsak, albatta g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Sababi, biz grandlarga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazamiz. Argentina, Portugaliya, Ispaniya singari dunyo darajasidagi jamoalar bilan parketda to‘qnash kelgan o‘yinlarimiz bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. E’tiborlisi, bu raqiblarga qarshi o‘yinlarni ayrimlarida g‘alaba qozonishni uddalaganmiz. Nasib qilsa, Braziliya bilan ham ishqibozlarimizni xursand qilish uchun “jang” qilamiz.

Iqlim bilan muammo bo‘lmayaptimi? Har holda, Janubiy Amerika bizdan keskin farq qiladi?

-  To‘g‘risi, boshida juda qiynaldik. Bu er O‘zbekiston vaqti bilan 8 soat farq qiladi. Moslashib olgunga qadar, ancha qiyin bo‘ldi. Hozir hammasi joyida. Umid qilamanki, o‘yinga boshlangunicha o‘zimizni bundan ham yaxshiroq his etishni boshlaymiz.

Aytishlaricha, Braziliya terma jamoasi muxlislari eng qiziqqonlar ishqibozlar sanalar ekan. Muhim bahs oldidan bosim his etmayapsizlarmi?

tsuptsptsu

-  Bunday muxlislar oldida ko‘p bor to‘p tepganmiz. Shu sababli, aniq aytishim mumkin. Bu hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Aksincha, to‘la zalda harakat qilish doim yoqimli. Ishqibozlar qaysi jamoaniki ekanligi ikkinchi darajada masala. Asosiysi, zal futzal tomosha qilish uchun tashrif buyurgan insonlar bilan to‘lsin. Shunda, bizda ham o‘z o‘yinimizni namoyish etish uchun kuchli ishtiyoq paydo bo‘ladi.

Braziliya bilan o‘yinlar o‘rtoqlik maqomida, ammo termamiz bu bahsga qanday yondashdi?

-  Yaxshi savol. Barcha bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini deb o‘ylashi mumkin. Aslida ham shunday, biroq biz uchun emas. Braziliya bilan hamma ham kuch sinashish imkoniyatiga ega emas. Asosiy maqsadimiz raqiblarda iliq taassurot qoldirib, ularni Toshkentga chorlash.

Muhim bahs oldidan SPORTS.uz sayti o‘quvchilariga fikr yoki tilaklaringiz bo‘lsa, marhamat?!

-  Hamma muxlislarimizga oilaviy baxt va saodat tilab qolaman. Futzalni seving. Unga muxlislik qiling!

k34ogk34okg3

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q