Anchelotti bu futbolchini "Real"ga o‘tishga ko‘ndirdi

  • 01.06.2022 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi “Monako” yarim himoyachisi Orelen Chuamenini o‘z safiga qo‘shib olish uchun bor kuchini sarfladi, deb xabar bermoqda Marca.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini amalga oshirish uchun unga shaxsan madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qo‘ng‘iroq qilgan. Italiyalik murabbiy yosh futbolchini “Real”ga o‘tishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

Murabbiy Tchuameniga jamoaning muhim o‘yinchisiga aylanishi mumkinligini va uni "qirollik klubi" tarkibida ajoyib kelajak kutayotganini aytgan.

Frantsiya terma jamoasi futbolchisi “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan va endi klublar o‘zaro kelishuvga erishsa bas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!