
Ancheloti “fantastik to‘rtlik” – Mbappe, Vinisius, Bellinge va Rodrigoning “po‘stagini qoqdi”
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionati doirasida “Atletiko”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin jamoasining hujum chizig‘idagi to‘rt futbolchiga jiddiy e’tirozlarini bildirdi.
- Kiyim almashtirish xonasida italiyalik murabbiy Madridd “fantastik to‘rtlik” nomini olgan hujum chizig‘i vakillaridan Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Vinisius Junior va Rodrigo Goesga zahrini sochdi, - deb yozdi Footmercato nashri.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti bu futbolchilar keyingi paytda o‘yin davomida o‘zlariga nisbatan ancha qulay pozitsiyada turgan jamoadoshlariga e’tibor qaratmay, individual mahoratini namoyish qilishga kirishib ketganidan keskin norozi bo‘lmoqda.
Shuningdek, bosh murabbiygi oldingi chiziq vakillarining himoya yordam bermayotgani, ortga qaytgan taqdirda ham juda sekin arakat qilayotgani yoqmagan.
Karlo Anchelotti agar “Real” yulduzlari uning e’tirozlaridan keyin vaziyatni yaxshilamasa, tarkibda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’kidladi.
Fikrlar