Anchelotti Gvardiolaga qanday “dars” berganini gapirdi

  • 12.02.2025 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida Xosep Gvardiola jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Bellashuvdan keyin “Real” ustozi shogirdlari qanday qilib, kuchli raqib ustidan zafar quchganini aytib berdi.

- Men xotirjamman va shu bilan birga o‘yindan ham, natijadan ham to‘liq qoniqdim. Biz bu bosqichdagi ikki uchrashuvdan birinchisini juda yaxshi o‘tkazdik va kichik bo‘lsa-da, ustunlikka ega bo‘ldik. Endi bizni javob o‘yini kutib turibdi.

O‘yin juda yaxshi o‘tdi. Bu har tomonlama mukammal o‘yin bo‘ldi: yaxshi himoyalandik, barcha o‘yinchilar mehnat qildi, hujum chizig‘ida samarali harakat qildik, ko‘p vaziyat yaratdik. Shogirdlarim taslim bo‘lgani yo‘q.

G‘alabaga loyiq o‘yin bo‘ldi. Chunki juda xavfli hujumlar uyushtirdik, hujumdagi to‘rtligimiz samarali o‘ynadi. Xavfli vaziyatlar mahorat va harakatchanlik evaziga yaratildi, muvaffaqiyatimiz bundan-da ziyoda bo‘lishi mumkin edi, - dedi Karlo Anchelotti.

“Real” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi javob o‘yini 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak bellashuvda madridliklarni durang natija ham keyingi bosqichga olib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!