Anchelotti: Italiya yangi top-futbolchilarni tarbiyalay olmadi

  • 18.09.2026 10:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya futboli yosh iste’dodlarni tarbiyalashda muammolarga duch kelayotganini aytdi.

- Menimcha, so‘nggi yillarda Italiya top-darajadagi futbolchilarning yaxshi avlodini tarbiyalay olmadi. Hatto hozir, masalan, “Milan”, “Inter” va “Yuventus” kabi Italiyaning yetakchi klublarida sifatli italyalik hujumchilarning o‘zi yo‘q.

Menimcha, Italiya keyingi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Hozir 20 yoshgacha va 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat yangi avlod Evropada juda yaxshi o‘ynamoqda, deb hisoblayman.

O‘ylaymanki, Italiyadagi yangi avlod yaxshiroq bo‘ladi va Italiya keyingi jahon chempionatida ishtirok eta oladi, - deya Anchelottining so‘zlarini keltirdi Goal portali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!