Anchelotti mavsum yakunida “Real”dan ketishi mumkin

  • 7 sentabr, 2024, 13:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum yakunida “qirollik klubi”ni tark etishi mumkin.

“Goal” nashrining xabar berishicha, italiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni chempionatidan moliyaviy taraflama va kelajagi bor loyiha taklif qilinsa, madridliklar safidan ketish haqida o‘ylamoqda. Anchelottining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Biroq, murabbiy klub boshqaruvi ertaroq tark etishi ehtimoli yuqori.

 Manbada yozilishcha, “Qaymoqranglilar” rahbariyati Anchelotti o‘rniga allaqachon nomzod topib qo‘yishgan. Ispan klubi o‘zining sobiq futbolchisi, hozirda “Bayer”ni boshqarayotgan Xabi Alonsoni Karlo Anchelotti o‘rniga ideal o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassisning o‘zi ham Saudiyada ishlashga qarshi emasligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!