Anchelotti: “Mbappe 50 tadan ko‘proq gol ura oladi”

  • 15.08.2024 17:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atalanta” qarshi Seperkubok finalidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Bellingem, Vini, Rodrigo va Mbappeni 2014 yilgi jamoa bilan solishtirish qiyin. O‘shanda bizda Beyl, Benzema va Ronaldu bor edi. Ular shunchaki, ajoyib hujumchilar triosi bo‘lishgan.

Yangi yarim himoyaga kelsak, ular katta mehnat qilishdi. Birinchi taym uncha yaxshi bo‘lmadi. Lekin, yarim himoyachilarmiz himoyada yaxshi o‘ynashdi.

Transferlar oynasi biz uchun yopildi. Men yangi o‘yinchi xarid qilishni so‘ramayman.

Kamavinga asosiy tarkibda bo‘lishi mumkin edi. Afsuski u jarohat oldi. Unga sog‘lik tilayman.

Mbappe bu mavsum 50 tadan ko‘proq gol urishga katta imkoni bor”,- dedi italiyalik mutaxassis o‘z shogirtlari haqida.

UEFA Superkubogi finalida “qirollik klubi” “Atalanta”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Federiko Valverde va Kilian Mbappe mualliflik qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!