Anchelotti Neymar nega maydonga tushmaganini tushuntirdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionati 1/16 finalida Yaponiyaга qarshi bahsda Neymarning maydonga tushmagani haqida fikr bildirdi.
⠀
"Biz Neymarni ehtimoliy qo‘shimcha bo‘limlar uchun asrayotgan edik. Men u bilan gaplashdim, u 60 yoki 65-daqiqalarda maydonga tushishi mumkin edi. Biz hisobni tenglashtirdik va jamoa o‘yinni nazorat qilayotganи uchun taktik tuzilishni o‘zgartirmaslikka qaror qildim.
⠀
Maydonda ham, zahira o‘rindig‘ida ham bizda yetarlicha kuchli futbolchilar bor. Bu jamoamiz uchun katta ustunlik. Har bir futbolchining yuqori darajada ekanini qadrlashimiz kerak.
⠀
Bu juda mas'uliyatli o‘yin edi. Yaponiya yaxshi tashkil etilgan va juda noqulay raqib", — dedi Anchelotti.

Fikrlar