Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Anchelotti "Real" muxlislarini xursand qiladigan gap aytdi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 1

U nima dedi?

"Real Madrid" murabbiyi Karlo Anchelotti jurnalistga klubning Chempionlar ligasi finaliga chiqishini ma’lum qildi.

Karlo Anchelotti bilan yaxshi tanish bo‘lgan jurnalist Alberto Cherrutti Angliyadagi o‘yindan keyin italiyalik murabbiy bilan muloqot qilganini aytdi.

- Uning eng yaxshi fazilati - xotirjamlik. Unga xabar yubordim va gaplashdim.

U mendan "Real" Myunxenda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida o‘ynashini ma’lum qilishimni so‘radi, - dedi Cherruti.

Ma’lumot uchun, Madrid klubi Chempionlar ligasining beshinchi turida "Liverpul"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ispaniya jamoasi bu mavsumda turnirdagi beshta o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q