Anchelotti: "Xabi Alonso "Real"da muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi, "Real"ning sobiq ustozi Karlo Anchelotti Xabi Alonsoning madridliklar bilan muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi.
– Xabi Alonso "Real"da muvaffaqiyatga erisha oladimi?
– Ha, menimcha shunday. Jamoa juda yaxshi ko‘rinishda: ayniqsa, himoyasi kuchli, hujumi esa juda ta’sirli. Mbappe ajoyib o‘ynayapti, Bellingem ham safga qaytdi.
Menimcha, Xabi qiynalmasdan muvaffaqiyatga erishadi, – dedi Anchelotti.
La Liganing 12-turidan keyin "Real Madrid" musobaqani peshqadam sifatida davom ettirmoqda va "Barselona"dan 3 ochkoga oldinda bormoqda.

Fikrlar