
Anchelotti: "Yarim himoyada o‘zgarish bo‘ladi"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Jud Bellingemning diskvalifikatsiyasi haqida fikr bildirdi.
- Bellingemning ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi haqida so‘rayapsizmi? Bu qarorni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. Ertaga tarkibda uning o‘rniga boshqa futbolchi maydonga tushadi, - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Ingliz futbolchisi haqoratli ibora ishlatgani uchun qizil kartochka olib, La Liganing ikki o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Avvalroq, mazkur qaror bo‘yicha Madrid klubining apellyatsiyasi rad etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni "Real" La Liganing navbatdagi turi doirasida "Jirona" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar