Anchelottining oʻgʻli "Lill" bosh murabbiyiga aylandi
Frantsiyaning "Lill" klubi Davide Anchelottini bosh murabbiy etib tayinlanganini rasm an e’lon qildi. 36 yoshli italyalik mutaxassis klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Klub bayonotida Davide Anchelotti 2026/27 yildgi mavsum oldidan jamoaga qo‘shilayotgani va u bilan Liga 1 hamda Chempionlar ligasida ishtirok etilishi ta’kidlangan.
"Lill" rahbariyati yosh murabbiyning dunyoning eng yirik klublarida to‘plagan tajribasi, yuqori darajadagi murabbiylar shtablaridagi faoliyati va yosh iste’dodlarni rivojlantirish borasidagi qobiliyatini alohida qayd etdi.
Shu vaqtgacha Davide Anchelotti Braziliya terma jamoasida otasi Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. Undan avval ota va o‘g‘il bir necha yil davomida "Real Madrid"da hamkorlik qilgan. Shuningdek, Davide qisqa muddat Braziliyaning "Botafogo" klubini ham boshqargan.
Shu tariqa, italyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatidagi navbatdagi muhim bosqichni Frantsiyada davom ettiradi.

Fikrlar