"Andijon" 12 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

  • 01.01.2026 20:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Qishki seleksiya jarayoni davom etayotgan bir paytda tarkibda o‘zgarishlar yuz berishi muqarrar.

"Andijon" matbuot xizmati esa jamoani tark etgan futbolchilarni e’lon qildi.

"Bir qator yangi o‘yinchilarning transferlarini e’lon qilib boryapmiz. Shu bilan bir qatorda “Andijon”ni tark etgan futbolchilar ham bor.

Jumladan shartnomasi yakuniga yetgani sababli Farhod Sohibjonov, Islom Mamatkazin, Erjan Tokotaev, Ilhom Abdug‘aniev, Sunnatillo‘h Hamidjonov, Shaxzod Azmiddinov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Ismoil Akinade, Muhammadali Usmonov, Oleg Zoteev, Muhammadyusuf Mirqodirov va Saidumarxon Saidunurullaev jamoamiz bilan xayrlashdilar.

Yuqarida nomlari keltirilgan barcha futbolchilarga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi, rasmiy xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!