"Andijon": Aliev ketdi, Abdugafforov ijaraga berildi

  • 24.02.2026 22:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon”ning qishki seleksiyadagi rejalari har tomonlama o‘ylab chiqilgan reja asosida amalga oshirilganligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz.

Lekin kutilmagan o‘zgarishlar ham yuz berishi tabiiy hol. Jumladan, O‘zbekiston U17 safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan hujumchi Asilbek Aliev bilan kelishuvga erishilgandi. Keyinchalik esa uning o‘rniga jamoadoshi - Sayfiddin Sodiqov jalb qilinganligi bois Aliev bilan o‘rtadagi shartnoma o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilindi.

Shuningdek, 21 yoshli yarim himoyachi Abbas Abdugafforov Qirg‘iziston chempionati ishtirokchisi - “Alay” jamoasiga ijaraga berilganligini ham ma’lum qilamiz. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!