"Andijon" Antaliyada endi "Shaxtyor" bilan o'ynaydi

  • 01.02.2026 23:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Antaliyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini jadal surʼatlarda oʻtkazayotgan “Andijon” klubi 2 fevral kuni oʻzining navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi.

Bu safar Qozogʻiston birinchi divizion vakili Qarağandining “Shaxtyor” klubi sparring-raqib vazifasini bajaradi. Ushbu jamoaga 1957 yilning 30 noyabr sanasida asos solingan.

Klubda 4 ta sovrin bor. 2011 va 2012 yillari Qozogʻiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 2013 yili esa Qozogʻiston Kubogini yutgan hamda yana 2013 yili mamlakat Superkubogi sohibiga aylangan.

“Shaxtyor”ni 65 yoshli mutaxassis Dmitriy Ogay boshqarmoqda. U 2025 yilning 15 dekabrida bosh murabbiylikka tayinlangan.

“Andijon” va “Shaxtyor” jamoalarining bu ilk toʻqnashuvi emas. Yodingizda boʻlsa, oʻtgan yili Antaliyadagi yigʻin doirasida bu klublar oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishgan va oʻshanda “Andijon” raqibini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.

Eslatib oʻtamiz, bu safargi “Andijon” - “Shaxtyor” bellashuvi 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!