"Andijon" bosh murabbiyi va futbolchilari barchani muborakbod etishdi

  • 31 dekabr, 2019, 18:25
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hamda futbolchilar Farhod Bekmuratov va Ildar Mamatkazin kirib kelayotgan yangi yil bilan muxlislarni qutlashdi.

Aleksandr Xomyakov: "Avvalo, butun O‘zbekiston ahlini, shu jumladan "Andijon" futbol klubining minglab muxlislarini kirib kelayotgan Yangi - 2020 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yangi yil barchamizga omad, g‘alaba, zafar va quvonchli kunlar olib kelsin! Yakunlanib borayotgan eski yilda erisha olmagan maqsadlarimizga 2020 yilda erishishni tilab qolaman!

Barchangizga Yangi yilda sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, xonadoningizga qut-baraka tilab qolaman. 2020 yilda barcha o‘ylagan maqsadlaringizgi ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman!"

Farhod Bekmuratov: "Kirib kelayotgan 2020 yil bilan butun O‘zbekiston ahlini, qolaversa, sevimli muxlislarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman!

Yangi yil xonadoningizga qut baraka olib kelsin! Yangi yilda oldimizga qo‘yilgan barcha maqsadlar amalga oshsin!

Barchangizgi sog‘lik-omonlik, fayz-baraka tilab qolaman!

Yangi yil muborak!"

Ildar Mamatkazin: "Sanoqli soatlardan keyin kirib keladigan Yangi - 2020 yil barchangizni xonadoningizga fayz-baraka va olam-olam quvonch olib kelsin!

2020 yil davomida omad aslo tark etmasin! O‘ylagan barcha ezgu-maqsadlarimiz amalga oshsin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirali Hcerali
31/12/2019 19:32
Сизлар хам сог булинглар сизлардан янги йилда факат галабалар кутиб коламиз