
"Andijon" Chexiya klubiga imkoniyatni boy berdi
"Andijon" klubi Antaliyadagi yig‘ini doirasida Chexiyaning "Zbroyovka Brno" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Doston Rahmonov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib borgan o‘yinda 5 ta gol urildi. Hisob esa 1:4 chexiyaliklar foydagasi hal bo‘ldi.
Hisob 0:4 bo‘lib turgan paytda "Andijon"dan Usmonali Ismonaliev raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Endi "Burgutlar" Antaliya yig‘inidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini 24 fevral kuni o‘tkazadi.
Antaliyada yana bir o‘yin yoxud "Burgutlar"ning raqibi haqida nimalarni bilasiz?
Fikrlar