"Andijon" klubi rahbariyatida yangi mutaxassis ish boshladi

  • 4 sentabr, 23:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Andijon" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Xalqaro arenada har tomonlama klubning imidjini oshirish ustivor vazifalardan biri sanaladi.

Tecno

Shu maqsadda “Andijon” jamoasining rahbariyat tizimida yangi kadr ish boshladi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, klubda bosh direktorning tashqi ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi va unga Dilshod Ruzmetoff tayinlandi.

Jamoaning rasmiy xalqaro tadbirlardagi vakili, shuningdek, “Andijon”ning xalqaro uchrashuvlarini har jihatdan sifatli o‘tkazishga javobgar hisoblanadi.

Umuman olganda, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

• Klubning rivojlanish strategiyasini shakllantirish; 

• Milliy va xalqaro miqyosida klub imidjini boshqarish;

• FIFA/AFC/UFA  qonunchiligiga, sport qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

• Klubning rasmiy xalqaro tadbirlaridagi vakili; 

• Xalqaro sport loyihalarida ishtirok etish;.

•  OAV va tashqi hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik; 

• Investitsiyalarni jalb kilish;

• Klub brendini rivojlantirish;

• Marketing kompaniyalarni tashkil etish, muxlislar va fan klub bilan ishlash;

Dilshod Ozodovich bilan 2025 yilning 31 dekabr sanasiga qadar shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, Dilshod Ruzmetoff 1979 yilning 17 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan. Xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. Shuningdek, Bremen (Germaniya) Universitetining Evropa va Xalkaro huquq bo‘yicha master darajali (LL.M.EUR) bitiruvchisi. O‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarini mukammal biladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!