Asosiy mazmunga oʻtish
"Andijon" "Metallurg"ning sobiq ustozi boshqarayotgan klubga qarshi maydonga tushadi

"Andijon" "Metallurg"ning sobiq ustozi boshqarayotgan klubga qarshi maydonga tushadi

“Andijon” jamoasining Antaliya yig‘ini doirasidagi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi bugun Chernogoriyaning “Mornar Bar” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

“Andijon”ning mazkur sparring-raqibi Chernogoriya birinchi ligasi (bizning Superligamiz kabi)da qatnashadi. “Mornar Bar” 19 ta turdan keyin 9 g‘alaba, 5 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etib, to‘plar nisbati 26\22 ni tashkil qilgan holda 32 ochko bilan 10 ta jamoa orasida 2-o‘rinni egallab turibdi.

“Mornar Bar” klubini o‘zbekistonlik muxlislarga tanish bo‘lgan Vesko Steshevich boshqarmoqda. U 2023\2024 yillgi mavsumlarda Bekobodning “Metallurg” klubiga ustozlik qilgan. 2025 yilning 5 sentabridan “Mornar Bar” jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Ungacha esa Eronnning “Istiqlol” klubida Miodrag Bojovichga assistentlik qilib kelgan.

“Andijon”ning “Mornar Bar” klubiga qarshi uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. 

Bungacha "Mornar Bar" klubi Antaliyada "Surxon" bilan nazorat bahsida maydonga tushdi v 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q