"Andijon" Osiyo chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Burgutlar"dan yana bir yangi transfer.
Oldin xabar berganimizdek, "Andijon" jamoasi seleksiya jarayonida tajribali oʻyinchilar bilan birga kelajagi porloq futbolchilarga ham eʼtibor qaratmoqda.
Yaqinda "Burgutlar"ning Antaliyadagi yigʻiniga qoʻshilgan isteʼdodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov rasmiy “Andijon” aʼzosiga aylandi. U bilan mehnat shartnomasi imzolandi va yarim himoyachi jamoamiz sharafini himoya qiladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Sayfiddin Sodiqov 2008 yilning 27 iyun sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U “Odil Junior” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Bungacha birinchi ligada “Ahmedov FK” jamoasida oʻynagan. Shuningdek, oʻtgan yili Oʻzbekiston U17 terma jamoamiz tarkibida Osiyo chempioni boʻldi va jahon chempionatida qatnashdi.

Izohlar (0)