"Andijon" qishki tayyorgarligining uchinchi bosqichini boshladi
14 fevral kuni Turkiya yig‘inini yakunlab ortga qaytgan “Andijon” jamoasi kichik ta’tildan so‘ng navbatdagi mashg‘ulotlarga kirishdi.
Aytish lozimki, bu safar jamoa a’zolarining qishki tayyorgarlik rejasi doirasida uchinchi bosqich yig‘ini boshlandi.
Bugun "Andijon" a’zolari Toshkentda to‘plandilar va “Porto Bello” mehmonxonasiga joylashishdi. Shahar esa qor yog‘ayotgani evaziga yanada chiroyli manzara bag‘ishlamoqda.
Bugun futbolchilar kechki mahal dastlabki mashg‘ulotini boshlaydilar. Ertadan esa kuniga ikki mahaldan shug‘ullanadilar. Mazkur yig‘in mobaynida o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar