
"Andijon" "Qo‘qon-1912"ga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi
Chempionatimizdagi tanaffusdan foydalanib “Andijon” o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilmoqda.
Ma’lumki, o‘tgan haftada “Bobur Arena”da “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilgan bo‘lib, unda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bugun esa ushbu jamoalar Qo‘qonda o‘zaro yana bir bor o‘rtoqlik maqomidagi o‘yinida ishtirok etdilar.
“Andijon” tarkibi: Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Dilshod Komilov, Abdurahmon Komilov, Abduvohid G‘ulomov, Levan Arveladze, Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Armin Boshnyak, Ilhom Abdug‘aniev, Rubin Xebay.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Shahboz Erkinov, Igor Litovka, Farhod Bekmurotov, Bobur Farhodov, Suhrob Berdiev, Sardor Abdunabiev, Abbos Ergashboev, Izzat Abdurasulov, Ibrohim G‘anixonov, Saidumar Sodiqov.
Uchrashuvda Anvar Hojimirzaev tomonidan kiritilgan yagona gol “Qo‘qon-1912”ga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Aytish lozimki, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari "Andijon" uchun Superliganing 25-turidan o‘rin olgan “Turon”ga qarshi o‘yin uchun o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Futbolchilar endi 18 noyabr kunidan mashg‘ulotlarini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Turon” – “Andijon” o‘rtasidagi bellashuv 22 noyabr kuni Yaypanda soat 18:15 da boshlanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar