"Andijon" rahbariyati "Bobur arena"da muxlislar bilan uchrashdi

  • 3 yanvar, 2021, 17:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun "Andijon" futbol klubi rahbarlari va muxlislar o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. "Bobur arena" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jamoaning 2021 yilgi mavsumga tayyorgarligi haqida so‘z bordi.

Ko‘p sonli muxlislar tashrif buyurgan yig‘ilish savol-javob tarzida o‘tkazildi. Shuningdek, 2021 yilgi futbol mavsumi boshlanishi oldidan jamoaning fan klub raisi ham ovoz berish orqali aniqlanishiga kelishib olindi.
 
"Andijon" o‘tgan mavsum Superligada 13-o‘rinni egallagan va o‘tish o‘yinida "Neftchi"ni mag‘lubiyatga uchratgan holda elitadagi o‘rnini saqlab qolgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!