"Andijon" Tojikistondagi yig‘inini yakunladi

  • 21 iyul, 2023, 15:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, "Andijon" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni 9 iyuldan Tojikiston Respublikasi, So‘g‘d viloyatining Guliston shahridagi Bahoriston sport kompleksida boshlagandi. 20 iyul kuni “Xo‘jand” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvidan so‘ng “Andijon”ning Tojikistondagi yozgi yig‘ini nihoyasiga etdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoa a’zolari u erda uchta nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Dastlab 12 iyul kuni “Esxata” 3:2 hisobida mag‘lub etildi. 16 iyulda esa “Ravshan” klubiga qarshi bahsda 1:1 natijasi kuzatildi va 20 iyul sanasida “Xo‘jand” bilan bellashdi.

Endi "Andijon" a’zolari 23 iyul kuni o‘z qarorgohida to‘planadilar va Superliganing 14-tur doirasida 28 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan “Nasaf”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettiradilar.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!