"Andijon" Tojikistonga yo‘l oldi

  • 9 iyun, 2023, 07:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, yurtimizda 10-20 iyun kunlari CAFA musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan chempionatimizda biroz tanaffus yuzaga kelgan. Bir necha kunlik xordiqdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytgan "Andijon" jamoasi a’zolari oldindan rejalashtirilganidek Tojikistonda yig‘in o‘tkazishi mo‘ljallangan.

Shu sababli bugun erta tongda safarga yo‘l olishdi. Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahridan 15 kilometr uzoqlikdagi Qayroqqum suv ombori sohilidagi sport kompleksida yig‘in o‘tkaziladi.

Bu sport kompleksi Tojikiston Respublikasi milliy banki o‘quv markazining sport kompleksi hisoblanadi. Yaqin 10 kunlikda jamoa a’zolari shu joyda tayyorgarlik jarayonlarini olib boradi. Tabiiyki, o‘rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. 

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!