"Andijon" uch nafar futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

  • 13.06.2026 00:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Andijon" 3 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi. Bu haqida klub matbuot xizmati maʼlum qildi.

"Andijon" jamoamiz yozgi yigʻinni boshladi va tarkibda ham ayrim oʻzgarishlar yuz berishi tabiiy jarayon.

Jumladan, darvozabon Rahimjon Davronov, himoyachi Ibrohim Yoʻldoshev va yarim himoyachi Jamshid Boltaboev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi har ikki tomonning oʻzaro roziligi asosida bekor qilinganini maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, ushbu futbolchilar mavsum avvalida jamoamizga qoʻshilishgandi. Oʻtgan vaqt davomida Davronov "Andijon" tarkibida chempionat va Kubok doirasida hammasi boʻlib 8 ta oʻyinda maydonga tushdi. Ibrohim Yoʻldoshev bitta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi. Boltaboev esa "Andijon" safida Superligada 7 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Davronov, Yoʻldoshev va Boltaboevga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", — deyiladi andijonliklar xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!