"Andijon" uchun alamli, OKMK uchun yoqimli yakun yoxud "Bobur arena"dagi o‘yin haqida

  • 4 avgust, 2024, 03:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 2-davraga start berildi. 3 avgust oqshomida “Andijon” klubi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMKni qabul qildi. O‘yin kutilganidek ancha shiddatli va hujumkor ruhda o‘tdi. Uchrashuv oldidan ikkala jamoada bittadan yo‘qotish mavjud edi. “Andijon”da Abdulvohid G‘ulomov, OKMKda esa Oybek Rustamov diskvalifikatsiya bois mazkur uchrashuvni o‘tkazib yubordilar.

Tecno

Jamoalar o‘yinni ehtiyotkorlik bilan boshladilar. Lekin “Andijon” faolroq harakat qilgan holda bellashuvda hisobni ochishga erishdi. Ilhom Abdug‘aniev jarima maydoni ichida ajoyib zarbasi bilan gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Farhod Sohibjonovni jarima maydoni ichida OKMK sardori Sardor Rahmonov to‘xtatib qoldi va hakam penalti belgiladi. Levan Arveladze nutqada adashmadi. Ayni shu daqiqalarda olmaliqliklar sarosimaga tushib qolgandilar. 2:0 dan keyin yana “Andijon” xavfli hujum uyushtirdi. Ammo Bektemir Abdumannonovning uzatmasidan so‘ng Farhod Sohibjonovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Shundan so‘ng OKMK qarshi hujumga o‘tdi va Kleydi Datsi tezkor javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim yanada shiddatli o‘tishi aniq edi va shunday ham bo‘ldi. Mehmonlar o‘yinda burilish qila oldilar. Natijada nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki g‘alaba keltiruvchi uchinchi golni ham kiritdilar. Bu juda alamli edi. Albatta, “Andijon” futbolchilari ham vaziyatni to‘g‘rilash uchun keskin hujumlar uyushtirishdi. Biroq birinchi bo‘limda urilgan ikkita goldan keyin “Burgutlar” boshqa gol ura olmadilar.

Ha, futbolda mana shunday holatlar ham bo‘lib turadi. G‘alaba bilan mag‘lubiyat esa doim yonma-yon yuradi. Ammo Aleksandr Xomyakov jamoasi astoydil kurashdi. Biroq omad OKMKga kulib boqdi. Bu mag‘lubiyatdan jamoamiz to‘g‘ri xulosa chiqarishiga ishonamiz. Oldinda esa “Andijon”ni 7 avgust kuni Qarshida “Qizilqum” bilan bo‘ladigan O‘zbekiston Kubogi chorak final bahsi kutmoqda. Endi barcha e’tibor bo‘lajak o‘yinga qaratiladi.

“Andijon” – OKMK – 2:3 (2:1).

3 avgust. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 13520 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Shoxruh A’zamov

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

“Andijon”: Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Abdurahmon Komilov, Sardor Azimov, Levan Arveladze (Muhammadkarim Toirov, 60), Ilhom Abdug‘aniev (Abinur Nurimbet, 88), Farhod Bekmuratov (Damir Temirov, 81), Bektemir Abdumannonov (Shaxrom Samiev, 81), Farhod Sohibjonov (Vagiz Galiulin, 88), Rustam Turdimurodov.  

OKMK: Javohir Ilyosov, Akrom Komilov, Sardor Rahmonov, Avaz O‘lmasaliev, Mirjamol Qosimov (Aziz Xolmurodov, 46), Giorgi Papava (Abror Sarimsoqov, 68), Dilshod Ahmadaliev (Aziz Bahromov, 81), Arixiro Sentoku, Xurshid G‘iyosov, Ruben Sanches (Nodir Abdurazzoqov, 81), Kleydi Datsi (Ali Abdurahmonov, 88).

Gollar: Ilhom Abdug‘aniev, 35 – 1:0. Levan Arveladze, 41-pen. - 2:0. Kleydi Datsi, 43 – 2:1. Kleydi Datsi, 66 – 2:2. Ruben Sanches, 79 – 2:3.

Ogohlantirishlar: Sardor Azimov, 72. Vladimir Bubanya, 72 – Avaz O‘lmasaliev, 68. Ruben Sanches, 79. Javohir Ilyosov, 90+3.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!