
"Andijon" yangi legioner bilan muzokara o‘tkazmoqda
“Andijon” klubi tarkibni kuchaytirish uchun legionerlardan ham foydalanishni mo‘ljallab turibdi. Bu borada ayrimlari bilan ham muzokaralar olib borilyapti.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, “Andijon” klubi Qirg‘iziston terma jamoasi etakchilaridan biri, asli germaniyalik bo‘lgan Edgar Bernxardtga qiziqish bilan qaramoqda. Hozirda tomonlar muzokara olib bormoqda, agar hammasi ijobiy hal bo‘lsa, ushbu yarim himoyachi yangi mavsumni “Andijon” safida o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 35 yoshli Bernxardt 2019 yili BAA maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo kubogida Qirg‘iziston terma jamoasi tarkibida to‘p surgan. Faoliyati davomida esa, u Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya, Polsha, Tailand, Malayziya, Ummon, Bangladesh chempionatlarida o‘ynagan.
Fikrlar