Andijonda MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

  • 18.04.2026 20:16
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha Oʻzbekiston chempionati musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Fazliddin Berdiev, Oʻzbekiston aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi ijrochi direktori Murodhon Toʻraev, shuningdek, viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Toshpўlatov ishtirok etib, sportchilarga omad va zafarlar tiladi.

Musobaqada U15, U17, U20 yoshdagi Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan sportchilar oʻz vazn toifalarida gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi. 

Mazkur musobaqa MMA sport turini ommalashtirish va yoshl ar oʻrtasida sogʻlom raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!