Andijonda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
Maktab oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi.
Hududiy bosqich shu yil mart–aprel oylarida, respublika (final) bosqichi esa 23–30 aprel kunlari Andijon viloyatida boʻlib oʻtadi.
Musobaqa 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yosh toifalarida oʻgʻil bolalar hamda qizlar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Gʻoliblar diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Standart yoʻnalishda 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Fikrlar