Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Andijon"ni yana ikki murabbiy tark etdi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

"Burgutlar"ning murabbiylar shtabida o‘zgarishlar.

Xabaringiz bor, yaqinda "Andijon" klubiga Maksim Shatskix bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga Vitaliy Shpanyuk yaqindan ko‘maklashadi. Shu bois murabbiylar shtabida o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu borada klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:

"Shu kunga qadar "Andijon" jamoamizning murabbiylar shtabida ishlab kelgan Artyom Petrosyan hamda Augustin Chiritsa bilan tuzilgan mehnat shartnomalari ikki tomonning kelishuviga ko‘ra bekor qilindi. 

Petrosyan yordamchi murabbiy sifatida 2022 yilning 15 dekabridan buyon jamoamizda ishlab kelgan bo‘lsa, Chiritsa joriy mavsum avvalida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ish boshlagan. 

O‘tgan vaqt mobaynida "Andijon" jamoamizda olib borgan faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Ularga keyingi ish faoliyatida omad tilaymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q