"Andijon"ning serbiyalik legioneri: "Bosh murabbiy meni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotganini his qildim"
Xabaringiz bor, “Andijon” klubiga taklif qilingan yangi futbolchilar orasida serbiyalik tajribali himoyachi Nemanya Chalasan ham bor.
29 yoshli legioner “Burgutlar”ning Antaliyadagi yigʻinida ishtirok etyapti va muxlislarning ham undan umidi katta.
Chalasan ilk bor klub matbuot xizmatiga fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
- Nemanya, sizni jamoamizda koʻrib turganimizdan mamnunmiz. Nima uchun “Andijon”ni tanladingiz?
- Rostini aytsam, meni “Andijon”ga qoʻshilishimga bosh murabbiy sabab boʻldi. U meni oʻz jamoasida koʻrishni istayotganini his qildim. Shuningdek, avval ham menga qoʻngʻiroq qilgandi. Biroq oʻsha paytda birga ishlash nasib qilmadi. Men uni murabbiy sifatida ham juda hurmat qilaman. Chunki oʻzbek futboli rivoji uchun katta ish qilgan. Ikkinchi sabab, bu muxlislar. Men ularni eng sadoqatli ekanligini koʻrdim.
- Jamoada sizdan nima kutishayotganini his qilyapsizmi?
- Mendan toʻliq kuch bilan harakat qilishimni va jamoaga yordam berishimni kutishyapti.
- “Andijon” - bu siz uchun bir soʻz bilan nimani anglatadi?
- Katta klub.
- Sizni futbolchi sifatida kim ilhomlantiradi?
- Nemanya Vidich.
- “Andijon”dagi faoliyatingiz tarixga muxrlanishi uchun uni qanday yozmoqchisiz?
- Har doim eng yuqori maqsadlar qoʻyiladi. Yakunda biz xursand boʻlamiz.
- Oʻzbekiston chempionatida ilk bor ishtirok etasiz. Lekin siz chempionatimiz haqida eshitgansiz. Bu borada nima deya olasiz?
- Oʻylaymanki, Oʻzbekistonda futbol yaxshi rivojlanyapti. Bu borada mamlakat ham taraqqiy etib boryapti.
Fikrlar