Andre Onana "Manchester Yunayted"da asosiy tarkib uchun kurashmoqchi
Andre Onana "Trabzonspor"dagi ijara muddati yakunlangandan so‘ng "Manchester Yunayted"da asosiy darvozabon o‘rni uchun kurashish niyatida.
"The Guardian" xabariga ko‘ra, kamerunlik posbon bunday imkoniyatga ega bo‘lishiga ishonmoqda. Kutilishicha, u jamoaning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shiladi.
Ayni paytda mankunianliklar safida birinchi raqamli darvozabon — Senne Lammens hisoblanadi.
Onana 2023 yil iyul oyida "Inter"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi
Fikrlar