Andrey Fyodorov: Aftidan, "Buxoro"ning kuchiga to‘g‘ri baho bera olmadik

  • 2 iyun, 2019, 02:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bugun tarkibda katta o‘zgarishlar bo‘lgani sababmi yoki raqib kuchiga to‘g‘ri baho bera olmadikmi, o‘yinni o‘zimiz istagandek o‘tkaza olmadik. Lekin o‘z vaqtida o‘yinni qaytadan qurdik va o‘zimiz ko‘nikkan sxemaga o‘tgach, o‘yinimiz ancha qovushdi. Shundan keyin to‘pni ham ko‘proq nazorat qila boshladik.

Tecno

Bugungi uchrashuv bir qator futbolchilar uchun tarkibimizdagi ilk o‘yin bo‘ldi. Yaxshi hamki, bugungi bahsni yakunda o‘z foydamizga hal eta oldik. Bu bugun ilk bor maydonga tushgan yosh futbolchilar uchun yanada qanot bo‘ladi. Bugun aralash tarkibda o‘ynadik. “Buxoro” jamoasi ham menda yaxshi taassurot qoldirdi", – deb Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!