
Andrey Miklyaev: Ertangi bellashuvda “Nasaf”ga omad tilayman
Bugun bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich “Lokomotiv” va “Al-Vaxda” uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Shuni aytish kerakki, natija va o‘yindan xursandmiz. Albatta, birinchi uchrashuv qiyin kechadi. Jamoamiz a’zolari murabbiy topshiriqlarini a’lo darajada bajarishdi. Futbolchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, uchrashuvning so‘ngi daqiqalarigacha hamma xarakat qildi va jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarga ham alohida minnatdorchiligimni ishor etaman. Ertangi bellashuvda “Nasaf”ga omad tilayman, - deydi Miklyaev
Fikrlar