
Andrey Miklyaev: Hisobni tenglashtiramiz deb yana 2ta gol o‘tkazib yubordik
Bugun Superliganing 5-turi doirasida “Navbahor” Farg‘onada “Surxon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi va o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi navbatda “Navbahor” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Afsuski, hujumda yaxshi o‘ynolmaganimiz pand berdi. Birinchi golgacha himoyada ham yomon o‘ynamadik, ammo, gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng tartibsiz o‘yin ko‘rsata boshladik. Hisobni tenglashtirishga harakat qildik, natijada esa so‘nggi daqiqalarda yana 2ta gol o‘tkazib yubordik”, - termizliklar ustozi.
Matnni SPORTS.uz muhbiri Baxtiyorjon Toshtemirov “Istiqlol” stadionidan turib yozib oldi.
Fikrlar